Onlayn xizmat

Hurmatli foydalanuvchi!

Boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatda buyurtmanoma yoki patentning ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami, uning uchun boj yoki to‘lov to‘langan xatti-harakatga doir guvohnoma va uning nomi bo‘lishi kerak. Agentlik ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir.

To‘langan boj yoki to‘lovning miqdori belgilangan boj yoki to‘lov miqdoriga muvofiqligi boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi.

Boj yoki to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining hisob raqamlariga tegishli summalarni o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi hamda to‘lov hujjati bilan tasdiqlanadi.